talbisu iblis

Talbisu Iblis

TALBISU IBLIS

((بسم الله الرحمن الرحيم))
قال الله تعالي
{يا بَنِي آدَمَ لا يَفْتِنَنَّكُمُ الشَّيْطانُ كَما أَخْرَجَ أَبَوَيْكُمْ مِنَ الْجَنَّةِ يَنْزِعُ عَنْهُما لِباسَهُما لِيُرِيَهُما سَوْآتِهِما إِنَّهُ يَراكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُ مِنْ حَيْثُ لا تَرَوْنَهُمْ إِنَّا جَعَلْنَا الشَّياطِينَ أَوْلِياءَ لِلَّذِينَ لا يُؤْمِنُونَ
الاعراف :27}
Bismillah ,
Alhamdulillah,
Vas-solatu vas-salamu ala rasulillah, va ba’d
Alloh taolo aytdi :

“Ey odam avlodi ! Shayton ota-onalaringiz (Odam va Xavvoni ) ning avratlarini fosh qilish uchun jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo’ymasin! Zero u va uning to’dasi sizlar ularni ko’rmaydigan tarafdan sizlarni ko’radi,
Biz shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do’st qilib qo’ydik”
(A’rof : 27 )

عن صفية بنت حيي رضي الله عنها قالت :قال رسول الله صلي الله عليه وسلم : (إن الشيطان يجري من الإنسان مجرى الدم،،،،) “. متفق عليه،
Sofiyya raziyallohu anhodan :
Rasululloh Sallollohu alayhi vasallam aytdilar :
” ,,,Albatta shayton odam bolasining qon tomiri o’rnida yuradi,,,,”
(Muttafaqun alayhi)

Qur’on va sunnatda ogohlantirilgan ushbu dushmandan ogoh bo’lish har bir musulmonning vazifasidir.
Insonlar aniq bo’lmagan dushmanlaridan ogoh bo’lib aniq dushman shaytondan g’aflatdalar.


Shuning uchun “Ibnul-Javziy” Rahimahullohning
(598-Hijriy yilda vafot etgan) : ” Talbisu iblis”
” Iblisning nayranglari” kitobidan dars qilishni lozim topdik.


Bu Kitob qisqacha quyidagi boblarni o’z ichiga oladi :
1-Bob :
” Sunnat va sahobalar jamoatini lozim tutish”
2-Bob :
“Bid’at va bid’atchilarning yomonligi.”
3-Bob :
” Iblisning fitna va nayranglaridan ogoh bo’lish “
4-Bob :
” Talbis (ya’ni iblisning nayrangi) va aldashining ma’nosi nima? “
5-Bob :
” Aqiyda va diyonatlardagi nayranglari haqida “
6-Bob :
” Har xil fandagi ulamolarga qiladigan nayranglari xaqida “
7-Bob :
Voliylar (ya’ni boshliqlar) va sultonlarga qiladigan nayranglari haqida “
8-Bob :
“Har xil ibodatlarni qiladigan obidlarga qiladigan nayrangi haqida “
9-Bob :
“Zohidlarga qiladigan nayrangi haqida “
10-Bob :
“Sufiylarga qiladigan nayrangi haqida ”
11- Bob :
” Dindor kishilarga gohida karomatga o’xshash narsalar berib nayrang qilishi “
12- Bob :
” Avom xalqqa qiladigan nayranglari “
13- Bob :
“Barcha insonlarga orzu- umidni uzun qilib aldashligi “
Va bu boblar ichida ham bir qancha qismlar bo’lib har bir musulmonga zarur bo’lgan narsalar .